14:09 O‘zbekiston rasman yana bir xalqaro bitimga qo‘shildi | |
«Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida»gi Qonun (O‘RQ-704-son, 02.08.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan O‘zbekiston mazkur xalqaro bitimga qo‘shildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur bitim 2015-yil 9-oktyabrda Jeneva shahrida qabul qilingan. Avvalroq, MDH ishtirokchi-davlatlarining jamiyatni raqamli rivojlantirish sohasida axborot hamkorligi to‘g‘risidagi bitim kuchga kirgandi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|