Главная » 2017 » Март » 20 » Bug‘doyning foydali xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
17:15

Bug‘doyning foydali xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?


Bahorni, xususan, mart oyini shukronalik va sog‘inch bilan kutishimizga qator sabablar bor. Eng avvalo, qishning sovuq kunlari tugab, bahorning iliq kunlari boshlanadi. So‘ng, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami, oyning so‘nggi kunlarida esa Navro‘z nishonlanadi.

Odatda Navro‘z bayramida sumalak, halim kabi milliy taomlar tayyorlanadi. Halimning ham, sumalakning ham asosiy masallig‘i bug‘doy sanaladi. Qadimdan qishdan keyin bahorgi “ilik uzildi” davrida ham darmondorilarga boy giyohlar unib chiqqunicha undirilgan donli va dukkakli o‘simliklardan turli taomlar tayyorlangan.

Bugungi sahifamizda sizga bug‘doyning foydali xususiyatlari haqida ma’lumot beramiz.

Qadimda turli xalqlar undirilgan bug‘doy, javdar, tariq, suli, arpa va dukkaklilar (mosh, loviya, no‘xat, yasmiq, yashil no‘xat, soya) yeryong‘oq, pista urug‘i shifobaxsh xususiyatga egaligini yaxshi bilgan. Undirilgan donli va dukkakli o‘simliklar tarkibida kaliy, kalsiy, kremniy, xrom, selen, mis, rux, temir, yod, B5, E, C, D, P vitaminlari va foliy kislotasi ko‘p bo‘ladi.

Bug‘doy ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Organizmdagi xolesterin miqdorini bir maromda ushlaydi. Tarkibidagi Ye vitamini tufayli zararli xolesterin miqdorining kamayishiga, qorin dam bo‘lishining oldini olishga yordam beradi.

Bug‘doydan tayyorlangan taomlarni iste’mol qiladigan kishilarda miya faoliyati, yurak qon tomir tizimida ijobiy o‘zgarishlar seziladi.

Tarkibidagi foydali moddalar insondagi quvvat manbaini tiklab turadi.

Bug‘doy kepagi ozishga yordam beradi. Iste’mol chog‘ida bug‘doy kepagi organizmdagi yog‘ni shimadi va hazmni yaxshilaydi.

Bug‘doy tarkibidagi pektin moddasi oshqozondagi xavfli va zararli moddalarni shimadi, oshqozonda paydo bo‘lgan yallig‘lanishlarning tez bitishiga ko‘maklashadi.

Ushbu don mahsulotidagi Ye vitamini va selen moddasi qarish jarayonini sekinlashtiradi.

V12 moddasi asab tizimini yaxshilaydi.

Bug‘doy tarkibida V12 moddasi va fosforning ko‘pligi insonning o‘z ruhiy holatini to‘g‘ri boshqara olishiga yordam beradi.

 

Undagi fitoestrogenlar saratonning ba’zi turlari, xususan, ko‘krak, bachadon va prostata saratoni rivojlanishining oldini oladi.

Bug‘doydagi magniy moddasi va F vitaminining o‘zaro ta’siri qondagi qand miqdorini bir maromda ushlab turadi.

Kaliy moddasi esa tanadagi mushaklar, shu bilan birga, yurak mushaklarining ish faoliyatini yaxshilaydi.

Ko‘kartirilgan bug‘doyning suvi yuzga surtilsa, yuzdagi dog‘lar, ajinlarni ketkizadi. Teri silliqlashib, oqaradi.

3 mm. uzunlikdagi undirilgan oqish rangdagi bug‘doy maysasining sharbatidan yarim-bir stakandan har kuni nahorda och qoringa bir oy davomida iste’mol qilish organizmni ortiqcha va zararli xiltlardan tozalaydi.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalliklari mavjud bemorlarga bu mahsulot tavsiya etilmaydi. Shuningdek, ushbu shifobaxsh tabiiy ne’mat iste’mol qilingan davrda sutli mahsulotlar, asal, gul changi, mo‘miyo, jenshen (“oltin ildiz”) kabilardan parhez qilish zarur.

Xalq tabobatida undirilgan oqish maysa xavfli va xavfsiz o‘smalar, turli shishlar va yog‘li tiqilmalarning so‘rilib ketishi uchun tavsiya etiladi. Chunki organizm xiltlardan tozalansa, turli yallig‘lanish o‘choqlari o‘z-o‘zidan so‘rilib ketadi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: nimalar, Bug‘doy, biilasiz?, foydali xususiyatlar, haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz