20:06 Neymarning jarohati haqida aniq ma’lumot berildi | |
Uning zaxiradagi xatti-harakatlari videolari tarqalganda, jarohat o‘ta jiddiy va Neymarning JChni o‘tkazib yuborishi mumkinligi taxmin qilindi. Ammo, Neymardagi jarohat u qadar jiddiy emas, shifokorlar uni qachon safga qaytishini ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, Neymar JChning 2-3 turlarini o‘tkazib yuboradi va agar Braziliya guruhdan chiqsa, futbolchi yana musobaqani davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi G guruh doirasida 28-noyabr kuni Shveysariya bilan, 2-dekabr kuni esa Kamerun terma jamoalari bilan o‘ynaydi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|