16:14 Bunaqasi bo‘lmagan! Arzon uy-joylar berilish tartibi tasdiqlandi | |
I toifaga kiradigan tumanlarda – bittadan ikki, uch qavatli uylarga xonadonlardan (2-3 xonali) va beshtagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylardan; II toifaga kiradigan tumanlarda – ikkitadan ikki, uch qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va sakkiztacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylardan; I toifaga kiradigan shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida – oltitagacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali); II toifaga kiradigan shaharlarda – o‘ntacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali); nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘p qavatli arzon uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridagi xonadonlar ajratiladi.
25 foizi Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, talabgor ishlayotgan tashkilot hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga (boshlang‘ich badal sifatida); 75 foizi ipoteka asosida tijorat banklarining imtiyozli kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi; Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarni so‘ndirish: talabgorning o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar; talabgor kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli bo‘lmagan taqdirda u ishlayotgan tashkilot, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” hayriya fondining mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Ikrom Rahmon
Manba: "qalampir.uz"
| |
|