10:35 O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi | |
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 31-oktabr kuni kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3395). Unga ko‘ra, kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilandi va endilikda O‘zbekistonda elektron yoki savdo obʼekti ko‘rinishida faoliyat yuritish mumkin bo‘ladi. Kripto-do‘kon o‘z faoliyatini elektron platforma yoki savdo obʼekti orqali amalga oshiradi. Qarorga ko‘ra quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi: kripto-do‘konning elektron platformasi orqali: jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish; kripto-do‘konning savdo obʼekti orqali: jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish; Kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi: majburiy identifikatsiyadan o‘tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
Manba: "xabardor.uz"
| |
|