14:41 O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etiladi | |
O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi, deb xabar beradi "Gazeta.uz". Yangi tashkil etiladigan vazirlik Maktabgacha ta’lim vazirligi bo‘ladi. O‘zbekistondagi bog‘chalarga bolalar 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi. "Prezidentimiz bizning oldimizga bolalar maktabga ilm olishga tayyor bo‘lib kelishlari uchun sharoit yaratish masalasini qo‘ydilar. Shu munosabat bilan kelajakda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘i rivojlanadi. Ular bir necha turda(davlat, nodavlat, bolalar qisqa muddatda ta’lim oladigan) bo‘ladi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish talab qilinadi",—dedi Xalq ta’limi vaziri. . Uning so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim vazirligi bolalarni maktabga tayyorlash, ularni tarbiyalash, ta’lim berish uslublari masalalari bilan shug‘ullanadi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|