20:44 Toshkentda 9-may kuni bayram salyuti tashkil etiladi | |
Ma’lum qilinishicha, 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironlariga 15 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti, “Yangi O‘zbekiston” majmuasidagi “Mustaqillik monumenti”ning statuetkali qimmatbaho sovg‘a va Shavkat Mirziyoyevning tabrigi, shuningdek, vazirlik va idoralar, hokimliklar tomonidan ta’sis etilgan sovg‘alar topshiriladi. Bundan tashqari, 9-may kuni soat 21:00 da Toshkentda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil etiladi. Avvalroq “Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekiston fuqarolaridan 9-may sanasini ortiqcha siyosiylashtirmaslikni so‘ragan edi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|