20:09 Chechenlar va kurdlar Belgiyada otishma uyushtirdi | |
Belgiyaning Lej shahrida bir guruh chechen va kurd qochqinlari qurolli otishma uyutirdi. Oqibatda chechenistonlikdan bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Araby mahalliy politsiyaga asoslanib, xabar bermoqda. Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17 aprel kuni sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolarda kurd guruhi vakillarining beysbol tayoqchalari va qurol-yarog‘lari borligini ko‘rish mumkin. Ta’kidlanishicha, otishmadan oldin mahalliy xizmat ko‘rsatish stansiyasi yonida chechen va kurd erkaklar o‘rtasida mojaro yuz bergan. Politsiya uch nafar kurd va 28 chechenni so‘roq qilish hamda shaxsini tekshirish uchun hibsga olgan. Gumonlanuvchilardan bitta Kalashnikov avtomati olingan. Mojaroning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun politsiya kurdlarni Lej sharqidagi Verviyer shahriga jo‘natgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|