09:21 YouTube bosh qarorgohida otishma sodir etildi | |
3 aprelda Kaliforniyaning San Bruno shahri polisiyasi YouTube videoxizmati bosh qarorgohida otishma sodir bo‘lgani va uning oqibatida 4 kishi yaralangani hamda bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. “Hammasi bo‘lib 4 jabrlanuvchi bor, ular o‘qotar jarohatlar bilan shifoxonaga yuborilganlar va binoda halok bo‘lgan bir kishi bor””, deb aytgan polisiya boshlig‘i Ed Barberini. San-Fransiskodagi shifoxona vakili u yerga 3 kishi yetkazilganini ma’lum qilgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, otishmani ayol kishi sodir etgan va u bir o‘zi bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, ayol o‘lgan. Ayolning shaxsi o‘rnatilmagan. Guvohlarning aytishicha, u qora rangdagi kiyimda bo‘lgan va binoga orqa eshikdan kirgan. Ularning ta’kidlashicha, shundan keyin kamida 20 ta o‘q ovozi eshitilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma ichki nizo sababli yuz bergan va terrorchilik bilan bog‘lanmagan.
Manba: "kun.uz"
| |
|