Главная » 2017»Июнь»26 » Fast Food taomlarini qahva bilan iste’mol qilmang!
18:07
Fast Food taomlarini qahva bilan iste’mol qilmang!
Fast Food’dagi yog‘lar shundoq ham organizmda glyukoza so‘rilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qahva bilan esa bu jarayon ikki barobarga sekinlashadi.
Kanadalik dietologlar tezpishar taomlarning qahva bilan qanday hazm bo‘lishi haqida izlanish olib borishdi. Ko‘ngillilar Fast Food iste’mol qilishgan, shu bilan birga, qahva ichishgan. Shundan so‘ng tadqiqotchilar qondagi glyukoza miqdorini o‘lchashgan.
Natija qanday bo‘ldi?
Bunday iste’moldan so‘ng qondagi glyukoza miqdori oshdi. Yana ikki finjon qahva ichilgandan keyin esa, shakar miqdori yana ikki barobarga ko‘paygan. Bunday miqdor qandli diabetga chalingan bemorlar bilan ham taqqoslangan.
Bu nima bilan bog‘liq?
Mazkur izlanishlar mobaynida yog‘li ovqatlarda kanserogenlar, tez eruvchan uglevod va shakar haddan ortiq ekani aniqlangan. Fast Food’dagi yog‘lar shundoq ham organizmda glyukoza so‘rilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qahva bilan esa bu jarayon ikki barobarga sekinlashadi.