12:02 Chilonzor tumanidagi xonadonlarning birida fohishaxona aniqlandi | |
Toshkent shahar Ichki ishlar matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2017 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 16:00 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sardor Umarov Chilonzor tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 50.000 so‘m pul evaziga fuqaro «D» va «R» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Yuqoridagi shaxsning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning o‘xshashlik holati tasodifiy harakterga ega.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|