16:21 Chimyonda qor yog‘di | |
“Uzb_Meteo” xabar qilishicha, 28-avgust kuni antisiklon chekinish fonida Toshkent viloyatining ayrim baland tog‘li hududlarida havo harorati qariyb +5 darajaga pasaygan. Bunday paytda tog‘ning yuqori atmosferasida harorat yerdagidan-da pasayib, nol darajaga yaqinlashadi. Tabiiyki, bunday holatda havodagi suv bug‘lari kristalizatsiyalashib, qor uchqunlariga aylanadi. Dengiz sathidan 3 km dan yuqoriroq balandlikka ko‘tarilgan turistlar Chimyon tog‘liklarida kecha ayni shu manzara guvohi bo‘lishgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|