11:01 “Coca-Cola” kompaniyasi reklamasidagi Santa sabab sudga berildi | |
Rossiyaning Tomsk shahri fuqarosi Denis Amosov “Coca-Cola” kompaniyasiga qarshi yangi yil ichimliklar reklamasida Santa-Klaus paydo bo‘lganligi sababli sudga murojaat qildi. Bu haqda "Sibdepo" portali xabar berdi. Ta’kidlanishicha, Denis o‘z da’vosini kompaniyaning Santa-Klaus obrazi orqali Qorbobo va Qorqizni "siqib chiqarayotganligi" bilan izohlagan. "Bolalar va kattalar o‘rtasida baxtli yil faqat “Coca-Cola” va Santa-Klaus bilan bo‘lishi mumkin degan tushunchalar paydo bo‘lmoqda", deyiladi sud da’vosida. Denis, shuningdek, rus madaniyatining ertak qahramonlari bilan unchalik tanish bo‘lmagan yosh avlod uchun "qo‘rqishini" ta’kidladi. Amosov tovon puli sifatida 30 million rubl olmoqchi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|