23:29 O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi sotildi | |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ ustav kapitalidagi 57,118 foiz ulushini «Coca-Cola İçyecyek A.Ş.» kompaniyalar guruhiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqdada Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy veb-sahifasida ma’lum qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ (Kompaniya) ustav kapitalidagi 57,118 % davlat ulushini «Coca-Cola İçyecyek A.Ş.» (CCI) kompaniyalar guruhiga, unga to‘liqligicha qarashli bo‘lgan «CCI International Holland B.V.» sho‘’ba korxonasi orqali 252,28 million AQSh dollariga sotish (bitim) bo‘yicha kelishuvga erishilganligini ma’lum qildi. «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ – O‘zbekistonda gazlangan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya bo‘lib, u Toshkent, Namangan va Urganch shaharlarida ishlab chiqarish zavodlariga, shuningdek omborxonalar tarmog‘iga ega. 2020 yil yakunlari bo‘yicha kompaniyaning sof foydasi 205 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|