11:04 “Chorvoq oromgohi” 208 mlrdga sotildi | |
“Chorvoq oromgohi” dam olish maskani bo‘yicha 208,0 mlrd so‘m bo‘lgan xarid to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida “Vip Logistics” MCHJ QK tomonidan taqdim etilgan takliflar eng yaxshi taklif sifatida eʼtirof etilib, savdo g‘olibi deb topildi”, deyiladi agentlik xabarida. Qayd etilishicha, mazkur, ommaviy savdolarda 4 nafar talabgorlardan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflar kelib tushgan bo‘lib, “Vip Logistics” MCHJ QK tomonidan eng yuqori narx taklifi berilgan. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat ryestriga ko‘ra, avtomobilda yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi VIP Logistics kompaniyasi 2011 yilda Toshkentda ro‘yxatga olingan. MChJning ustav fondi 2 mln 694,9 ming dollarni tashkil etadi. Kompaniya hissadorlari orasida “HARVEST INDUSTRIES L.P.” (93,00 %), Shokirov Jamshid Abdug‘afforovich (5,10 %) va Shokirov Abdug‘affor Shokirovich (1,90 %) bor.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|