22:43 Kalit kim oshdi savdosida 112 ming dollarga sotildi | |
Sankt-Peterburgda Napoleon Bonapart surgunda vafot etgan xonaning kaliti kim oshdi savdosida 112 ming dollarga sotildi. Bu haqda «Sotheby’s» kim oshdi savdosi uyi xabar qildi. «Izvestiya» nashrining ma’lumotiga ko‘ra, uzunligi 13 sm bo‘lgan kalit konvert bilan birga sotildi: «Napoleon vafot etgan va men shaxsan qulfdan o‘z qo‘llarim bilan sug‘urib olib, qal’adan olib chiqqan Longvuddagi xonaning kaliti. Ch.R. Foks, Avliyo Yelena, 1822-yil 6-sentyabr». Charlz Richard Foks britaniyalik harbiy kishi edi. U kalitni oroldan Shotlandiyaga olib keldi va Fransiyaning ag‘darilgan imperatori muxlisi bo‘lgan onasiga sovg‘a qildi. Ana o‘sha kalit yaqinda Shotlandiyadagi bir uydagi chamadondan yuqoridagi xat bilan birga topildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kalitning qiymati 4,1-6,8 ming dollarni tashkil etgan, buni qarangki ushbu ashyo 16 baravar qimmatroq sotilgan. Yanvar oyida o‘tkaziladigan kimoshdi savdolari eski ustalarning nomukammal qadriyatlariga bag‘ishlandi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|