19:08 Toshkentda onlayn auksion tarixidagi eng qimmat lot sotildi | |
Toshkentning Shayxontohur tumanida joylashgan “Toshkent savdo markazi” (xalq tilida GUM yoki Turkuaz) onlayn-auksion orqali 242,8 mlrd so‘mga sotildi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bu 2017 yilda e-auksion ishga tushirilganidan beri eng qimmat lotga aylangan. Ma’lum qilinishicha, ushbu lot bo‘yicha yagona arizani faqatgina bitta ishtirokchi – “Buyuk Eco Savdo” MCHJ topshirgan. Kompaniya 2019 yilda xalq xo‘jaligi mahsulotlari va arralangan bino materiallarini import qilish maqsadida tuzilgan. “Toshkent savdo markazi” o‘tgan yilning may oyida auksionga qo‘yilgandi. Ammo arizalar yo‘qligi sababli avgust oyida qayta auksionga qo‘yilgan va lotning boshlang‘ich narxi 10 foizga kamaytirilib, 273 mlrd 150 mln so‘mni tashkil qilgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|