20:23 COVID-19ga qarshi vaksina kimlarga mumkin emas? | |
Rossiyada sentyabr-oktyabr oylarida koronavirusga qarshi vaksinatsiyalash o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Emlashdan oldin nima mumkin yoki mumkin emasligi haqida vrach-immunolog Vladislav Jemchugov «Sputnik» radiosiga so'zlab bergan. Koronavirus vaksinatsiyasi ham grippga qarshi emlashga o‘xshab ketadi. Jemchugovning aytishicha, kovidga qarshi vaksinani kasal odamlar qabul qilishi mumkin emas. Tana harorati 37 darajadan yuqorimi, unda emlash ham bo‘lmaydi. Qolaversa, yaqinda alkogol ichimliklar iste’mol qilganlar ham vaksina olmaydi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|