14:50 Dam olish kunlari ob-havo yana isib ketishi kutilmoqda | |
O‘zgidromet dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti xususida xabar berdi. Bugun qo‘shni Qozog‘istondan sovuq atmosfera fronti o‘tishi hisobiga O‘zbekistonda hududida harorat biroz pasaydi. Kunning o‘rtasiga kelib havo +32...+35 darajagacha isidi. Dam olish kunlari respublika hududiga Erondan yana issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari +16...+21 darajani, kunduz kunlari +35...+38 darajani, shimol va janubda ba’zi joylarda +40 darajagacha issiqni tashkil etadi. Bunday qiymatlar o‘rtacha-iqlimiy me’yordan 2-4 darajaga ko‘p bo‘ladi. Respublika bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat shanba kuni kechga tomon Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bugun va ertaga respublikaning ayrim tumanlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|