15:09 «Dekabr» salati - albatta, tayyorlab ko‘ring! | |
Zarur masalliqlar: 250 gr. tovuq go‘shti, 3 ta pomidor, 2 bo‘lak qovurilgan non, mayonez, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 2 choy qoshiq limon sharbati, 1 bo‘lak sarimsoqpiyoz, mayonez, tuz, murch. Tayyorlanishi: 1. Barcha masalliqlarni bir xil kattalikda somoncha shaklida to‘g‘rang. 2. Tovuq go‘shtiga tuz va murch sepib, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovurib oling. 3. Mayonezga limon sharbati qo‘shib, tuz, murch va ezilgan sarimsoqpiyoz soling. 4. Likopchaga tovuq go‘shtining yarmini soling. Keyin pomidorning yarmini. Mayonezli aralashmani solib, yana tovuq go‘shti, pomidor va yuziga qovurilgan non bo‘laklarini joylang. Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa. 2 kishilik.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|