00:00 Diyetolog bananning foyda va zarari haqida to‘xtaldi | |
Rossiyalik diyetolog Mixail Ginzburg «Zvezda» telekanaliga bergan intervyusida bananlarning foydasi va zarari haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, banan boshqa mevalardan ko‘ra foydaliroq emas, lekin ancha kaloriyali.
Ginzburgning so‘zlariga ko‘ra, banan uyqusizlikni yengishga yordam beradi, degan da’vo ancha munozarali. Uning ta’kidlashicha, serotonin, melatonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi ozuqalar bor.
Bananning asosiy foydasi erimaydigan oziq tolasi tarkibidagi sellyuloza va kletchatka hisoblanadi, deydi diyetolog. Ular qondagi qand miqdorini tartibga solishga, shuningdek, ichakning me’yorda ishlashiga yordam beradi. Shunday bo‘lsa-da, Ginzburgning ta’kidlashicha, banan har qanday kasalliklarni davolovchi vosita hisoblanmaydi. Chunki undagi to‘qimalar barcha meva-sabzavotlarda uchraydi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|