20:18 Donald Tramp vaksina borasida xushxabar borligini bildirdi | |
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp «Twitter»dagi sahifasida vaksina borasida xushxabar borligini bildirdi. Prezident aynan qanday xushxabar ekanligiga izoh bermagan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dorilar sifati nazorati boshqarmasi (FDA) koronavirusga qarshi to‘rt xil vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat bergandi. Biroz vaqt o‘tib, AQSh hukumati «Novavax» kompaniyasiga 1,6 milliard dollar ajratgani, Amerika hukumati hali hech bir vaksina ishlab chiqaruvchisiga buncha pul bermagani xabar qilingandi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|