18:50 Dori ichib semirib ketdim, endi ozolamanmi? | |
— Gormonal vositalar yordamida davolanganimdan so‘ng anchayin to‘lishdim. Semizlik muammoga aylanmasidan burun ozsam degandim, ammo bu ishni qanday bajaraman? Nozima Abdullayeva, Toshkent viloyati Savollarga shifokor-terapevt Shahnoza SAIDOVA aniqlik kiritadi. — Gormonal vositalarning qabuli odatda, ishtahaning yaxshilanishini paydo qiladi. Bu esa tabiiyki vazn ortishiga sabab bo‘luvchi omillardandir. Ozmoqchi bo‘lsangiz, avvalambor organizmni tozalash choralariga diqqat qarating. Giyohli choylar (moychechak, dalachoy, shivit suvi)dan foydalanishingiz mumkin. Nahorga limonli suv ichish, qovoq yoki zaytun moyini salatlarga qo‘shib iste’mol qilish ham foydali. Ovqatlanish miqdorini kamaytiring, tez-tez – kuniga 6 marta tanovul qilishga odatlaning, taomlar orasida, albatta, ikkitadan meva yoki sabzavot (misol uchun sabzi) yeng, chaq-chuqlar, tvorog, qatiq yordamida ishtahani aldang. Har kuni kamida 3-4 bekat piyoda yuring, vaqtida uxlang va zinhor asabiylashmang, bu tamaddi qilish istagini faollashtirishi mumkin.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|