09:28 Rossiyada koronavirusni davolash uchun samarali dori ishlab chiqildi | |
Rossiyalik olimlar koronavirusni davolash uchun dori vositasini ishlab chiqib, uni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Dori vositasining klinik sinovlari hali tugamagan bo‘lsa-da, uning ommaviy tarzda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Vesti” xabar berdi. “Avifavir” deb nomlangan ushbu dorining ilk partiyasi shifoxonalarga jo‘natilgan va u o‘zining samarador ekanligini ko‘rsatgan. Ta'kidlanishicha, koronavirusga chalinganlar ushbu dorini qabul qilgach, 2 marta tezroq sog‘ayib ketishgan. “Bu vosita kasallik yengil kechayotganda “ushlangan” bemorlarda juda samaralidir. Unda alomatlar va zotiljam o‘lchami kamayadi”, deb aytgan Rossiya prezidenti ishlari boshqarmasi markaziy klinik shifoxonasi bosh kardiologi. Ushbu tajribaviy dori tayinlangan bemorlardan biri Olga Sorokina uning qabulidan keyin nimalar his qilgani bilan bo‘lishgan. Ayol 40 darajadan yuqori tana harorati va o‘pka yallig‘lanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ayolning aytishicha, “Avifavir” unga birinchi kundanoq berilgan, 3-kunga kelib u o‘zini yaxshi his qila boshlagan. Bunday samara nafaqat ushbu ayolda kuzatilgan. Dori vositasi tayinlangan kasallanganlardan ko‘pida uni qabul qilishning 3-kuni harorat barqarorlashgan, 5-kuni esa koronavirusga test manfiy natija ko‘rsatgan. Dorining klinik tadqiqotlari 2 haftadan keyin yakunlasa-da, u ommaviy ishlab chiqarilishga qo‘yilgan. Shu tariqa, Rossiya koronavirusdan samarali dori vositasi ishlab chiqqan 3 davlatdan biri bo‘ldi. Bungacha Yaponiyada koronavirusga qarshi “Favipiravir” va AQShda “Remdizivir” dori vositalari ishlab chiqilgandi.
Manba: "kun.uz"
| |
|