21:24 DTM: “Test natijalarining bari qaytadan tekshiriladi” | |
Bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari pandemiya sababli ochiq maydonlarda o‘tkazildi. O‘zbekiston iqlimi changli bo‘lgani sababli javoblar varaqasini tekshrishda bir muncha qiyinchiliklar kelib chiqqan. Shu sababli 24 sentyabrga qadar javoblari varaqasi yana bir marta qaytadan ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi. “Bu yil talaba bo‘lish istagidagi abituriyentlar soni ikki barobar oshdi. Test natijalarini tekshirishda xodimlarga ikki hissa qo‘shimcha qiyinchilik paydo bo‘ldi. O‘zbekiston iqlimi changli bo‘lgani sababli, javoblar varaqasining ustki qismi chang holatda kelgan. Shu sababli tekshirish jarayonida skaynerlar ishlamay qolgan holatlar ham kuzatildi. Tekshirish jarayonida skaynerni qayta tozalab ishlatildi”, deydi Sardor Rajabov. Ma’lum bo‘lishicha, hozirda e’lon qilingan natijalar oxirgi natijalar emas. Oxirgi natijalar e’lon qilingunga qadar yopiq rejimda ishlayotgan mutaxassislar tomonidan har biri javoblar varaqasi qaytadan ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda kimningdir bali pasayishi yoki ko‘tarilishi mumkin. Keyingina Davlat kommisiyasiga kiritiladi. Ma’lumot o‘rnida, kirish test sinovlariga kirish paytida tana harorati 37 darajadan yuqoriligi sababli chetlashtirilgan abituriyentlar uchun 17 sentyabr kuni test sinovlari qaytadan o'tkaziladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|