11:35 DTM ba’zi abituriyentlarning pullarini qaytarmoqchi | |
Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga kirishda o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashmagan abituriyentlarning to‘lovlarini qaytarib bermoqchi. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga test sinovlarida qatnashmagan abiturentlarning pul mablag‘larini qaytarish taklifi kiritilgan. Hozirda bu masala ustida ishlar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda tegishli qaror qabul qilingandan keyin test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning pul mablag‘lari qaytarib beriladi. Ma'lumot o'rnida, bu yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida1 mln 304 194 nafar abituriyentdan 1 mln 240 614 nafari (95,1 foizi) ishtirok etgan. 63 580 nafar (4,9 foizi) abituriyent esa turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmagan. Eslatib o'ramiz, kirish test sinovlariga kirish paytida tana harorati 37 darajadan yuqoriligi sababli chetlashtirilgan abituriyentlar uchun 17 sentyabr kuni test sinovlari qaytadan o‘tkaziladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|