09:13 Dushanba kunidan boshlab havo harorati pasayadi | |
28 may kuni havo harorati o‘rtacha 10 darajaga pasayishi kutilmoqda. Gidrometeorologiya hizmati markazi bu haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, ba’zi joylarda kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida 27 may kuni g‘arbdan esayotgan shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18° dan 5-10° gacha, kunduzi 20-25° dan 25-30° gacha o‘zgarib turadi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida 28 may kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. 27-28 mayda shamol G‘arbdan 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 mayda 15-20°, 28-30 mayda 10-15°, kunduzi 27 mayda 33-38°, 28 mayda 20-25°, 29-30 mayda 25-30° bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 28 mayda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27-28 mayda shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 29-30 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 28 mayda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. 28 mayda shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. 28 may kuni kechasi harorat 13-18°, kunduzi 23-28°, 29-30 mayda 28-33° bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida 28 may kuni yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. 28 mayda g‘arbdan esayotgan shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 mayda 13-18°, 29-30 mayda 8-13°, kunduzi 27 mayda 29-34°, 28 mayda 18-23°, 29-30 mayda 22-27° bo‘ladi. Respublikaning tog‘li xududlarida havo o‘zgarib turadi, 27-28 mayda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 29-30 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 mayda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. 27-28 may kunlari harorat kechasi 12-17°, 29 mayda 3-8° iliq, 27 may kunduzi 22-27°, 28 may 10-15°, 29-30 mayda 15-20° iliq bo‘ladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|