12:05 Dzyudo: Dunyo reytingida Bobonov yetakchi, Keldiyorova kuchli toʻrtlikda! | |
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turniridan soʻng sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz reytingda sezilarli oʻsishga erishdilar. Jumladan, Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida jahonning toʻrtinchi raqamli dzyudochisiga aylanib olgan boʻlsa, bronza medaliga sazovor boʻlgan Shahram Ahadov 24-pogʻonaga koʻtarildi. Jahon chempioni Davlat Bobonov esa hamon -90 kg vaznda peshqadamligini davom ettirmoqda. Yangilangan reyting oʻrinlari: -60 kg: 1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 6645 ochko 31. Dilshodbek Baratov – 1330 -66 kg: 1. Denis Viyeru (Moldova) – 6435 ochko 14. Sardor Nurullayev – 2204 30. Muhriddin Tilovov – 1156 53. Rahimjon Subxonov – 760 -73 kg: 1. Sogbatar Sent-Ochir (Moʻgʻuliston) – 6565 ochko 10. Murodjon Yoʻldoshev – 2421 16. Obidxon Noʻmonov – 2160 19. Hikmatilloh Toʻrayev – 1976 24. Shahram Ahadov – 1660 -81 kg: 1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 7496 ochko 7. Sharofiddin Boltaboyev – 3725 -90 kg: 1. Davlat Bobonov – 6134 ochko 2. Beka Gviniashvili (Gruziya) – 4835 56. Shermuhammad Jandreyev – 736 -100 kg: 1. Jorje Fonseka (Portugaliya) – 5330 ochko 10. Muzaffarbek Toʻraboyev – 3315 36. Otabek Toʻraboyev – 1072 +100 kg: 1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 4705 ochko 16. Alisher Yusupov – 2601 25. Shohruh Baxtiyorov – 1610 34. Bekmurod Oltiboyev – 1056 Ayollar: -52 kg: 1. Amandin Bushar (Fransiya) – 6010 ochko 4. Diyora Keldiyorova – 5070 -70 kg: 1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 6402 ochko 13. Gulnoza Matniyazova – 2826 Yangilangan reyting bilan toʻliq bu yerda tanishish mumkin.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|