18:22 Janubiy Koreyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi | |
Ma’lumotlarga ko‘ra, 4,4 magnitudali zilzila epitsentri Kvesan shahrining shimoli-sharqida, gipotsentr esa 12 km chuqurlikda bo‘lgan. Taxminan 2 soniya davom etgan asosiy zarbadan oldin yana 3 ta uncha kuchsiz bo‘lmagan surilish qayd etilgan. Koreya meteorologiya agentligi bu yil Janubiy Koreyadagi eng katta zilzila ekanligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, mazkur tabiiy ofat mamlakatda kuzatuvlar boshlangandan beri eng kuchli 38-zilzila ekanligi ma’lum qilindi. Zilzila talofatlari haqida ma’lumotlar hali taqdim etilmagan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|