12:26 Erdo‘g‘an Turkiya Konstitutsiyasiga hijobni kiritishni taklif qildi | |
Turkiya prezidenti Rejeb Tayyib Erdo‘g‘an Konstitutsiyada maktablar, universitetlar va davlat idoralarida hijob o‘rash huquqini mustahkamlab qo‘yishni taklif qildi. 2013-yilgacha ta’lim dargohlarida diniy ro‘molda ko‘rinish taqiqlangan edi, biroq amaldagi davlat rahbari bu cheklovning bekor qilinishiga erishgan. “Endi keyingi bosqichga o‘tish vaqti keldi: Qizlarimiz, opa-singillarimiz qalbidan bu ogʻirlikni butunlay olib tashlash uchun roʻmol oʻrash erkinligini taklif qilaman. Bu nima degani? Men buni konstitutsiyaviy kafolatga aylantiraylik, demoqchiman”. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, agar bu tashabbus parlamentda qo‘llab-quvvatlanmasa, u referendum o‘tkazishga tayyor. Nutqi davomida davlat rahbari qanday aniq chora-tadbirlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmag
Manba: "xabardor.uz"
| |
|