18:41 Turkiya Gretsiyaga har qanday daqiqada zarba berishi mumkin – Erdo‘g‘an | |
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbul Gretsiyaga har qanday vaqtda zarba berishi mumkinligini aytdi. “Afina Turkiyaning qat’iyatini biladi va shuning uchun endi mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishga qaratilgan qadamlar qo‘ymaydi",— deydi Turkiya rahbari. Shuningdek, Erdo‘g‘an “Anqara Gretsiya provokatsiyalari mavzusini NATO darajasida ko‘tardi”, deb qo‘shimcha qilgan. “O‘ylaymanki, Afina endi Turkiya bilan munosabatlardagi kelajakdagi qadamlarni tahlil qiladi. Aks holda, yuqorida aytganimdek, har qanday daqiqada zarba bo‘lishi mumkin”,— deydi Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|