11:16 Eri haqida xotin nima bilishi kerak | |
Oiladagi tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun, er va xotin intim munosabatlaridan lazzatlanish uchun, oilada totuvlik bo'lishi uchun xotin o'z eri haqida quyidagilarni bilishi kerak: 1. Erkak kishini o'zgartirishga urunmang. Uni shundayligicha kamchiliklari bilan seva biling. Erkak kishining fikrlashi siznikidan farqli ekanligini tushuning va uning fikrini hurmat qiling. Ahir dunyoda kamchiliksiz odamning o'zi yo'q, ideal er uchun ideal xotin bo'la olmaysiz baribir. 2. Erkak kishini sindirishga urunmang. Erkak ayoldan ko'ra jismonan ham, ma'naviy ham kuchlidir. Erkakni kamsitish, uni yerga urish mumkin emas. 3. Er janjalni yomon ko'radi. Ayolning baqirishi, yig'lashi, janjal qilaverishi erning jahlini chiqarishi aniq. Erkak kishi uyga kelganda tinchlik va osoyishtalikni istaydi. 4. Erni hurmat qilish shart. Hurmat faqat shirin so'zlarda emas, balki ayolning harakatlarida ifodalanishi kerak. 5. Er o'z xotinining maqtoviga zor. Erkakni maqtash va uning har bir ishida qo'llab-quvvatlash aqlli ayolning fazilati. 6. Erga aql o'rgatmang. Agar uning xatosi sizga ayon bo'lsa, maslahat berishingiz mumkin, lekin talab qilish yoki o'z nuqtai-nazaringizni singdirish yaxshi emas. 7. Erga ishonish lozim. Erkak kishining ishida, sog'lig'ida muammo paydo bo'lsa, uning kuchiga, mahoratiga, irodasiga ayol ishonishi lozim. Bu ishonchini eriga ko'rsatib, erkak kishida o'ziga nisbatan ishonch so'nmasligini ta'minlashi kerak. Suyukli ayol eri uchun kuchli suyanchiq bo'la olishi lozim. 8. Erkak kishi adashib yomon yo'lga kirsa, boshqa ayolga ketib qolish niyatida bo'lsa, xotin qo'lidan kelgan barcha choralarni ko'rib erini ushlab qolishi va unga xato qilayotganini ko'rsata bilishi kerak. 9. Eri podshoh bo'lishini istagan ayol o'zi shunga loyiq toj bo'la olishi kerak. Erning obro'si xotinning qo'lida ekanligini ayol unutmasligi lozim. 10. Har bir erkak uchun jinsiy aloqa bu tabiiy ehtiyojdir. Jinsiy aloqadan erkak lazzatlanadi va hordiq chiqaradi. Erkak xotiniga o'z sevgisini jinsiy aloqa orqali namoyon qiladi. Er va xotin urushganda, ular jinsiy aloqa orqali yarashadilar. Shuning uchun eringizni, qolaversa o'zingizni ham xursand qilish maqsadida uning bu ehtiyojini qondirishga doim tayyor bo'ling.
Manba: "tarona.tv"
| |
|