11:16 Erkaklarga nima yoqmaydi? | |
Statistikani ko'rsatishicha, 25 yoshgacha bo'lgan erkaklarning 55% uchun o'z ayolida eng asosiy narsa bu aql bo'lsa, qolgan 45% erkak uchun go'zallik turar ekan. Yigirma besh yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan erkaklarning 47% uchun ham o'z ayolida eng asosiy fazilat bu aql ekan, ikkinchi o'rinda bu yoshdagi erkaklarga ayol g'amxo'rligi zarur ekan. G'amxo'rlik 45 yoshdan katta bo'lgan erkaklarning 65% uchun ayoldagi birinchi o'rindagi fazilat ekan, ikkinchi o'rinda esa yana aql turar ekan. Bu yerda aqlini ta'na qiladigan matematik ayol emas, balki hayotga, eri bilan muomalaga, farzand tarbiyasiga aqlli yondashgan ayollar nazarda tutilgan. Lekin deyarli barcha erkaklarga quyidagilar yoqmas ekan: 1. O'z ko'rinishiga ahamiyat bermaydigan ayollar, ya'ni: - soch, tirnoq va teri kir va parvarish qilinmagan bo'lsa; 2. O'zini kamsitadigan ayollar, ya'ni: - yurganda bosh va yelkalari egilgan; 3. Birovga yoqish uchun haddan tashqari ko'p harakat qiladigan ayollar, ya'ni: - sun'iy soddalik; 4. Sovuqqon ayollar, ya'ni: - erkaklarni kamsitgan; 5. Yomon tarbiya ko'rgan ayollar, ya'ni: - ichadigan; 6. Ayolning shaxs sifatida quyidagi xususiyati: - hayotda maqsadi mavjud emasligi;
Manba: "uzbaby.uz"
| |
|