11:16 Nega erkaklar xiyonat qiladilar? (sabab va yechim) | |
Har bir ayol eri (suyukli yori) xiyonat qilishini istamaydi. Erkak xiyonat qilishiga nima sabab bo'larkan? Qanday qilib buni oldini olish mumkin? Albatta hamma erkak ham xiyonat qilmaydi. Xiyonat qilganlar esa xotinini sevmaydi degan gap ham emas. Erkakni xiyonat qilishiga nima turtki bo'ladi: 1. Jismoniy holati Erkakning jinsiy aloqaga bo'lgan ehtiyoji uning organizmidagi testosteron gormoniga bog'liq. Bu garmon qanchalik ko'p ishlab chiqilsa, erkakning jinsiy aloqaga ehtiyoji shunchalik yuqori bo'ladi. Ana shunday yuqori ehtiyojli erkaklar o'z xotini bilan ehtiyojini qondirolmay, boshqa ayollar bilan aloqaga kirishadi. Xotin nima qilishi mumkin: bunday erkaklarni jismonan jinsiy aloqada ehtiyoji katta bo'lgani uchun, ayoli uni doim qondirishga tayyor bo'lishi kerak. Erkakning ehtiyoji yuqori ekanligini qanday qilib bilsa bo'ladi? Ko'pincha bunday erkaklar turmush qurilganiga bir necha yil o'tganiga qaramay, jinsiy aloqani har kuni, yoki kunda bir necha bor istaydilar. Ular ko'pincha past bo'ylik, badanida tuki ko'p bo'lgan bo'ladi. Bunday erkaklar vaqtida ehtiyojlarini qondirmasalar jismonan qiynaladilar. 2. O'zidan ranjish Xotin nima qilishi mumkin: doim erining ishini maqtab, qilayotgan yaxshiliklariga minnatdor bo'lishi kerak. Erining ishxonasida muammolar bo'lganda uni to'g'ri eshita bilib, shu payt uy ro'zg'or muammolari bilan erini qiynamasligi kerak. Erini doim tabassum bilan kutib olishi, eri uni doim (jinsiy aloqa davomida ham) naqadar baxtiyor etayotganini bildira olishi kerak. 3. Sifatli jinsiy aloqa Xotin nima qilishi mumkin: avallambor eri bilan jinsiy hayoti haqida gapira olishi kerak. Jinsiy aloqa davomida unga yoqadigan va yoqmaydigan tomonlar haqida gapira olishi lozim. Erining istaklarini eshita olib, bu haqda gapirib, ularni sifatli amalga oshirishga harakat qilishi kerak. Erining bu boradagi talab yoki iltimoslarini rad etmasligi kerak. Lekin shu qatorda o'z talab va istaklarini bayon eta bilishi kerak. Er - xotin orasida bu boradagi anglashmovchilik butun hayot davomida ular munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatib kelishiga olib boradi. 4. Xotinining o'ziga qaramay qolgani Xotin nima qilishi mumkin: eringizga yoqimli bo'lishingiz kerakligi haqida unutmang. Bu degani uyda bo'yanib, yasanib yurish degani emas. Lekin yirtiq kiyim, kir sochlar, badanning toza emasligi hech bir erkak uchun yoqimli bo'la olmasligi haqida unutmang. 5. Eriga nisbatan ishonchsizlik Xotin nima qilishi mumkin: eringizga ishoning. Agar kech kelib sizga sababini tushuntirsa, uni ming hil savollar bilan tergamay, ishonishga harakat qiling. Eringiz ishda yoki do'stlari bilan bo'lganda qo'ng'iroq qilib, so'roq qilavermang. Yomon xayollaringizni yo'q qilishga harakat qiling. 6. Ayolning sovuqqonligi Xotin nima qilishi mumkin: ba'zida jinsiy aloqaga hotinning o'zi ham tashabbuskor bo'lishi kerak. Lekin ba'zida... chunki ayolning nozi bor bo'lishi va unga doim erkak erishishi kerakligini unutmaslik kerak. Jinsiy aloqaga er tashabbuskor bo'lsa ham, ayol bunga burch sifatida qaramasdan qiziqish va xohish bilan yondashishi lozim. 7. Bo'sh erkak Xotin nima qilishi mumkin: erining hurmatini, ayniqsa bolalari oldida joyiga qo'yishi kerak, eridan ko'ra ko'p pul topsa, uni ta'na qilmasligi va eriga minatdor bo'la olishi kerak, undan tashqari jinsiy aloqada ham erini kamsitmasligi lozim. 8. Qasos Xotin nima qilishi mumkin: xiyonat qilmang. 9. Erkak krizis davri. Xotin nima qilishi mumkin: agar er krizisdan bunday yo'l bilan qutulishni tanlagan bo'lsa, u holda kutish kerak, yaxshi, suyukli yor bo'lib qolish kerak. Krizis o'tadi, er esa qilgan xatosini o'zi anglab yetadi. Agar o'sha davrda janjal qilib erini to'g'ri yo'lga boshlamoqchi bo'lsa, eridan ajralib qolishi mumkin. 10. Qattiq ruhiy siqilish Xotin nima qilishi mumkin: er uchun dalda bo'la olish kerak, "yiqilganda" qo'l uzata olishi, siqilganda malham bo'la olishi, ruhini ko'tara olishi kerak. Albatta bu sabablar xiyonatning barcha sabablari emas, balki asosiylaridir. Ayol erini sevib, unga doim hurmat bilan qarab, qilgan har bir harakati uchun ichida bo'lsa ham, eriga bildirib ham minnatdor bo'la olsa, erini baxtiyor etish istagida bo'lsa, eri unga xiyonat qilmaydi, adashib qolsa ham, hotini yoniga qaytadi.
Manba: "uzbaby.uz"
| |
|