Главная » 2017 » Июль » 23 » Erkak va ayol munosabatlariga iliqlik kiritishning 10 usuli
11:16

Erkak va ayol munosabatlariga iliqlik kiritishning 10 usuli


Uzoq yillar davomida baxtli, totuv yashab kelayotgan oilalarda ham er-xotin munosabatlarini takomillashtirib turish zarur. Buning uchun yengil yo'llardan biri - bu munosabatlarga iliqlik kiritish. Bola-chaqa, uy-ro'zg'or ishlari aynan shu narsani kamaytirib qo'yar ekan.

1. Ko'pincha oilada romantikaning yo'qligiga vaqt yetishmovchiligi sabab bo'ladi. Haftada bir marta o'zingiz uchun, ya'ni er va xotin bir-biringiz uchun vaqt ajrating. Bir kecha. Bolalarni buvilariga olib borish mumkin axir, eng asosiysi bir biringiz bilan yagona qoling. Shu kechada telefon, televizor va boshqa e'tiborni jalb qiluvchi narsalarni o'chirib qo'ying, faqat siz va suyukli yoringiz. Mayin romantik musiqa qo'shimcha bo'lishi mumkin. Albatta bunday kecha ikkovingizga ham ruhiy va jismoniy lazzat olib kelishi aniq.

2. Oilada iloji boricha doim birga ovqatlaning. Ertalabmi, kunduzimi yoki kechki nonushtami, birga bo'lsangiz munosabatlaringiz iliq boladi.

3. Erkaklar, ayolingizni gul bilan yoki bo'lmasa arzimagan bir sovg'a bilan bayramda emas, balki kunda xursand qilib turing.

4. Birga yolg'iz bo'lganingizda televizorni o'chirib qo'ying.

5. Erkaklar ayollariga bayram qilib, ayrim kunlarda oshxonada oshpazlik qilishi lozim.

6. Charchagan bo'lsangiz, shunchaki yoqimli musiqa tinglab bir-biringiz quchog'ingizda bo'lib suhbatlashib o'tiring, charchamagan bo'lsangiz bir-biringizni seving (jinsiy aloqa bilan shug'ullaning).

7. Bolalarni uxlatib bo'lgach, tezda uyquga ketmang, bir oz bir biringizga vaqt ajrating.

8. Agar jinsiy aloqaga vaqtingiz bo'lmay qolsa (yangi tug'ilgan chaqaloq, og'ir ish), u holda bir biringizni quchoqlab, o'pib turishni unutmang.

9. Kunda bo'lgan voqealar haqida bir biringiz bilan suhbatlashing, maslahatlashing - bu juda yaqinlashtiradi.

10. Doim xayolingizda suyukli insoningiz haqida yaxshi fikrlarni yig'ib yuring.


Manba: "uzbaby.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: iliqlik, jinsiy aloqa, Erkak va ayol munosabatlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz