23:40 Jinsiy aloqalar soni qancha bo'lishi kerak? | |
Oilaviy hayotda jinsiy munosabatlar muhim o'rin tutadi. Buni inkor qilib bo'lmaydi. Hamma oilada ham bu munosabatlar mavjud. Lekin turli xil oilalarda ularning soni va albatta sifati ham turlichadir. Biz hozir jinsiy aloqalar soni haqida gap yuritmoqchimiz. Siz turmush o'rtog'ingiz bilan necha marta aloqada bo'lasiz? Bir oyda 1 marta? Bir haftada 1 marta? Yoki 1 kunda bir martami? Albatta erkakning yoki ayolning o'z turmush o'rtog'idan tashqari boshqa jinsiy aloqaga kirisha oladigan tanishi bo'lmasa, yuqoridagi savollarga haqqoniy javob olsa bo'ladi. Bu savolga aniq javob bera olmaslikning bir asosiy sababi bor. Savolga javob beradiganlarning turmushi haqida ma'lumot mavjud emas. Bu kabi boshqa sabablar ham jinsiy munosabatlar soniga o'z ta'sirini o'tkazib ketadi. U holda oiladagi jinsiy munosabatlar normadami yoki bunda muammo bormi?, degan savolga qanday javob bersa bo'ladi? Birinchidan, bu savolni berayotgan bo'lsangiz, demak muammo bor. Agar bu bilan qiziqmaganingizda, sizda bu borada hammasi siz uchun qulay va kerakli holatda bo'lgan bo'lar edi. Qiziqmoqdamisiz, demak biroz shubhangiz bor. Yoki birovni aktiv jinsiy hayoti haqidagi gapini eshitib o'zingizning jinsiy hayotingiz yaxshiligidan shubha qilayotgan bo'lishingiz mumkin. Solishtirganingizda qo'shni, do'stu-qarindoshlar yoki bo'lmasa kinodagi qahramonlar jinsiy hayoti bilan emas, balki o'zingizning hayotingingizdagi davom etib kelayotgan jinsiy hayotingiz bilan solishtirishingiz lozim. Masalan, er-xotin turmushining ilk 5 yili davomida muntazam ravishda jinsiy munosabatlarga ega bo'la turib, negadur oxirgi 1 yildan beri bu holat kamayganga o'xshaydi. Mana shunday solishtirish siz uchun o'rinliroq bo'ladi. Agar yaqin orada uyda chaqaloq tug'ilgan bo'lib, yoki boshqa bir stress holat yuz bergan bo'lsa bo'lsa, u holda bu o'tkinchi vaziyatdir. 25 yoshingizda sizga 1 kunda 1 marta jinsiy munosabat yetarli bo'lgan bo'lsa, 45 yoshingizda ham u deyarli shunday bo'ladi. Faqat yosh va atrof vaziyatning o'zgarishi, charchov, bola-chaqa, uy ro'z'g'or masalallari ko'paygani hisobiga albatta 25 yoshingizga nisbatan ehtiyojingiz kamayishi tabiiy. Undan tashqari 25 yoshdagi yengillik borgan sari kamayib, ma'suliyatlilik ko'payishi ham bor. Lekin baribir, jinsiy ehtiyoj yillar tufayli keskin ravishda o'zgarmaydi. Bunga isbot dam olishga 1 haftaga oilangiz bilan ketsangiz, yana o'sha 25 yoshlik ehtiyojingizni sezasiz. Chunki dam olishda uy-ro'zg'or muammolaridan yiroqda bo'lasiz. Agar jinsiy ehtiyoj borgan sari keskin ravishda kamayib ketayotgan bo'lsa, demak bunga biron sabab bor. Har kuni bunga ehtiyoji bo'lgan odam birdaniga tashqi sabablarsiz haftada 1 yoki oyda 1 martagina bunga ehtiyoj sezayotgan bo'lsa, bu yerda biron muammo yoki boshqa ayol bor bo'lishi mumkin. Undan tashqari sizda muammo bormi yo'qmi bilish uchun, bu haqda ko'p qayg'urishingizdan bilsa bo'ladi. Agar sizga jinsiy munoasabatlar yetishmayotgan bo'lsa, demak bu haqda o'z juftingiz bilan gaplashib olishingiz lozim. Jinsiy aloqa o'zbekchilikda shart emas, deb xato o'ylamang. Jinsiy munosabatlar nafaqat oilani totuvligi uchun balki erkakning ham ayolning ham salomatligi uchun juda kerakdir. Jinsiy aloqalar sonini nechta bo'lishi kerakligi muhim emas. Muhimi ular er-xotin uchun yetarli darajada bo'lishidir. Jinsiy kuchsiz erkak o'z salomatligini yaxshilash borasida izlanish olib borishi kerak. Avallo biron jinsiy kasallik yo'qligida amin bo'lishi darkor. Agar aniq jinsiy kasallik mavjud bo'lmasa, u holda jinsiy kuchini oshirishni tabiiy yo'llarini topib sog'lom turmush tarzda yashashni, ichmay-chekmay keraklicha dam olib, sport bilan shug'ullanishni boshlashi lozim. Erkakning jisniy kuchini tabiiy ravishda oshirish haqida bu yerda batafsil o'qishingiz mumkin. (Erkak gormoni - testosteronni tabiiy oshirish yo'llari) Jinsiy munosabatlar har kuni bo'ladimi, har hafta bo'ladimi, har oy bo'lmadimi ular muntazam ravishda bo'lishi kerak. Ayrim yuqorida ta'kidlangan vaqtinchalik mustasno vaziyatlardan tashqari.
Manba: "uzbaby.uz"
| |
|