20:42 Ertaga qanday ob-havo kuzatiladi? | |
O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keldi va bugun kun davomida shamol hamda yog‘ingarchiliklar kuzatildi. «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga, 21-mart kuni Farg‘ona vodiysida momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Toshkent viloyatida esa yomg‘ir faqat kechasi va ertalab kuzatilishi ehtimoli bor. Havo harorati 21-mart kuni 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|