12:15 Eyfel minorasining rangini o‘zgartirishmoqchi | |
Parij-2024 Olimpiadasi arafasida shahar ramzi bo‘lmish Eyfel minorasi qayta bo‘yaladi. Bu haqda «Time Out» xabar berdi.
Parij Olimpiadasining triatlon va ochiq osmon ostidagi suzish bahslari Eyfel fonida o‘tadi. Kolorizatsiya ishlari minoraning 19 qavatli eski bo‘yoqlarini ketkazishdan boshlanadi — maqsad minoraga tushadigan og‘irlikni kamaytirish. So‘ng ustidan 60 tonna yangi bo‘yoq uriladi. Parijning «temir afsonasi» 2,5 millionta birlashtirgichlar bilan qotirilgan 18 mingta metall qismdan iborat, ularning barchasi tozalanib, qayta bo‘yab chiqiladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|