16:55 Koronavirusga chalingan emizikli onaning suti rangini o‘zgartirdi | |
Koronavirus bilan kasallangangan meksikalik emizuvchi ona Anna Kortez suti yashil rangga o‘zgarganidan shikoyat qilib, shifokorga murojaat qilgan. Mutaxassis unga bolani emizishda davom etishi kerakligini tavsiya qilgan va sut rangining o‘zgarganini endi uning tarkibida antitanalar mavjudligi bilan izohlagan, deb yozadi “Daily Star”. Meksikalik ayol to‘rt yoshli qizini emizishda davom etdi. Eng qizig‘i, bola koronavirusga chalinganida unda kasallik asoratlarsiz kechdi. Eslatib o‘tamiz, 2020 yil sentyabr oyida rossiyalik olimlar ona sutining chaqaloqlardagi ichak infeksiyalari kasalliklaridagi foydasi haqida ma’lum qilishgan edi. Shuningdek, ona suti bolalarda ekzema rivojlanish xavfini ham kamaytiradi degan xulosaga kelishgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|