22:56 Navoiyda koronavirusga chalingan bemor qolmadi | |
Navoiy viloyatida koronavirus, pnevmoniya va boshqa belgilar bilan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan oxirgi markaz ham yopildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur jarayonlarda xizmat qilgan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemor qolmagani xabar qilingandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|