12:05 Navoiyda IIB хodimi va fuqaro janjallashdi | |
Kecha, 30-oktyabr kuni Ijtimoiy tarmoqlarda “Xatirchida Ichki ishlar xodimiga forma berib bo‘lmaydi” nomli video-xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi izoh berdi. Aniqlanishicha, Xatirchi tumani Maydon mahallasida yashovchi fuqaro – D.Sh. tomonidan tuman IIB xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziligi haqida tuman prokuraturasiga murojaat yo‘llangan. Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|