Главная » 2022 » Декабрь » 8 » “Tariflar oshmagani evaziga elektr energiyasi va gazga subsidiya oshirilyapti”
13:07

“Tariflar oshmagani evaziga elektr energiyasi va gazga subsidiya oshirilyapti”


2022 yilgi budjet qonuniga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. “Yilning oxirigacha budjet taqchilligini 3 foizdan 4 foizga oshiryapmiz, shu darajada saqlab qolishga harakat qilishimiz kerak. Undan ortiq defitsitga mablag‘ning o‘zi yo‘q”, – deya izoh berdi moliya vaziri Timur Ishmetov.

“2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Kiritilayotgan qo‘shimcha xarajatlar evaziga respublika konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 3 foizdan 4 foizga oshirilmoqda. Yuzaga kelgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun qonunning 10-moddasida O‘zbekiston respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining sof miqdori 6 trln  so‘mdan 10 trln so‘mga o‘zgartirilmoqda.

Moliya vaziri Timur Ishmetovning aytishicha, prezident va hukumatning ustuvor topshiriqlarini bajarish uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratilgan mablag‘larning cheklangan miqdorlari 20 trln 915 mlrd so‘m qo‘shimcha xarajatlar hisobiga oshirilmoqda.


Manba: "Kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: elektr, oshirilyapti”, oshmagani, evaziga, gazga, subsidiya, VA, energiyasi, “Tariflar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz