14:23 Navoiyda yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi | |
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.J. fuqaro S. ga Karmana tumani “Uyrot” MFY hududidagi 7 sotix zaxiradagi yer maydonini o‘ziniki ekanligini aytib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 70 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|