14:09 Farg‘onada koronavirusga chalingan 7 nafar bemor qoldi | |
Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (9 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Samarqand shahridan va 2 nafari Oqdaryo tumanidan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 70 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda. Ayni paytga qadar ushbu viloyatda 80 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 94 nafarga yetdi. Farg‘onada tuzalganlarning ham barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Oltiariq tumanidan, 4 nafari Quva tumanidan, Marg‘ilon shahri va Rishton tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, ulardan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari Rossiyadan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlarning barchasi erkak bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 28 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 139 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 150 nafarga yetdi. Ta’kidlash joizki, hozirgacha ushbu hududda 158 ta holatda koronavirus qayd etilgan bo‘lsa, bir nafar vafot etgan bemordan tashqari, ayni paytda 7 nafar bemor davolanmoqda. Shunday qilib, ushbu viloyat koronavirusdan holi hudud maqomini olishga juda yaqin turibdi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1945 nafarni tashkil etmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|