Главная » 2020 » Май » 13 » Farg‘onada birgina bemor qoldi
11:41

Farg‘onada birgina bemor qoldi


Farg‘ona koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin - viloyatda 6 maydan buyon yangi zararlanish holatlari qayd etilmayapti.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona viloyatida yana 6 nafar bemor koronavirusdan tuzalgani va endilikda viloyatda ushbu kasallikka chalingan birgina bemor qolgani haqida xabar berdi.

«Bugunning ilk xushxabarini Farg‘ona viloyatida 6 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqqani haqidagi yangilik bilan boshlaymiz. Bugun  sog‘ayganlar reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalib chiqqanlarning 3 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 23 yosh.

Viloyatda shu paytga qadar 156 nafar bemor sog‘ayib, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor qolmoqda. Ya'ni, vodiy viloyatlari ichida Farg‘ona koronavirusdan holi hudud bo‘lishga juda yaqin turibdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2046 nafarni tashkil etmoqda.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2568taga yetgan, shifoxonalarda 512 bemor davolanmoqda, ularning 12 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qoldi, Farg‘onada, Bemor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz