16:37 Farg‘onada ham ikki bemor tuzaldi | |
Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 2 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemorlar soni 70 nafarga yetdi.Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 2 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. Bemorlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan. Tuzalganlardan biri (ayol) Andijon viloyatidan, ikkinchisi (ayol) esa Toshkent viloyatidan bo‘lib, 25 mart kuni Turkiyadan Farg‘onaga charter reysi bilan kelishgan va karantinga olingan. Ularda 27 mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Ushbu bemorlar shifokorlar tomondan xalqaro standartlar asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalar tufayli ayni paytda darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi. Biroz avvalroq Qashqadaryo viloyatida ham koronavirus bemorlaridan ikki nafari sog‘aygani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan jami 70 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Manba: "kun.uz"
| |
|