23:34 Koronavirusga chalinishlar soni nega ko‘paydi? — Mutaxassis javobi | |
AQShning bosh infeksionisti Entoni Fauchi 100 millionga yaqin amerikaliklar hali ham koronavirusga qarshi emlanmaganini va so‘nggi paytlarda mamlakatda kasallanishning keskin ko‘payishi aynan shu fuqarolar bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
Uning ta’kidlashicha, o‘tkazilgan alomatlar og‘irligi nuqtai nazaridan, AQSh aholisining ushbu guruhi «ayniqsa, himoyasiz», chunki emlanganlar «asosan kasallikning og‘ir bosqichidan himoyalangan». Fauchining fikricha, hozirgi sharoitda COVID-19 dan emlanmagan amerikaliklar koronavirusning qayta-qayta tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa «oxir-oqibat, barchaga ta’sir qilyapti».
Eng jiddiy holat AQShning Florida shtatida kuzatilmoqda. U yerda AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni har kuni infeksiyaga chalinganlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi — 21 683 kishi. AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni va o‘lganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 34,9 milliondan ortiq odam virusga chalingan, 613 mingdan ortiq odam vafot etgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|