Главная » 2018»Апрель»12 » Farg‘onada o‘g‘il otasini ketmon bilan urib o‘ldirdi
09:22
Farg‘onada o‘g‘il otasini ketmon bilan urib o‘ldirdi
10 aprel, seshanba kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida o‘g‘il tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etildi.
Shu kuni soat 17:00 larda, “Guliston” MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi 29 yoshli Dilmurod Qo‘chqanov uyidagi janjal oqibatida otasi Dadajon Qo‘chqanovning boshiga ketmon bilan zarba beradi.
Natijada Dadajon Qo‘chqanov shifoxonaga yotqiziladi. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etadi.
Otasini o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘g‘il ruhiy kasal bo‘lgan, lekin u jinoyatni amalga oshirib, voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan.