20:22 Farhod Alimov oila mustahkamligini ta’minlovchi jihatlar haqida gapirdi | |
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning turmush o‘rtog‘i, boshlovchi Farhod Alimov jurnalist Baxtiyor To‘raxonovning “19:09” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida Farhod Alimov oila mustahkamligida e’tiborli jihatlar haqida gapirdi: “Oila mustahkam bo‘lishi to‘yning qanday o‘tishiga bog‘liq emas. Dabdali to‘y baxt garovi emas. Oilaviy baxt ikki yoshning o‘ziga bog‘liq. Turmush qurishdan avval siz bir-biringizni sevishingizni aniqlab olishingiz kerak. Shundan so‘nggina to‘yga taraddud ko‘rish mumkin. Ba’zan hayotda shunday bo‘ladiki, shoshilinchda turmush qurishadi, to‘y qilishadi. Oradan bir yil o‘tgach esa, bir-biriga to‘g‘ri kelmaganini tushunib yetadi. Shuncha tayyorgarlik, tashvishlar nimaga kerak edi? Shuning uchun hammasi ikki insonning o‘ziga bog‘liq. Men ikki inson o‘rtasida muhabbat bo‘lishi kerak, deb hisoblayman”,—deydi Farhod Alimov.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|