22:30 Rayhon "DJ Piligrim"ni Xudoga soldi, Shahzodadan esa kechirim so‘radi | |
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon «Chotki Tv» YouTube kanaliga bergan intervyusida hamkasblari DJ Piligrim va Shahzoda bilan munosabatlari haqida so‘zlab berdi. Xususan, xonanda DJ Piligrim bilan ijro etgan «Muhabba» dueti nima uchun ommalashmagani hamda nima sababdan klip suratga olinmagani haqida gapirar ekan, DJ Piligrim uning dilini og‘ritganini ma’lum qildi. «Rostini aytsam, bu inson ko‘z o‘ngimda ham inson, ham xonanda sifatida shunchalik hurmatini yo‘qotdiki, men u haqda umuman gapirishni istamasdim. U tomondan shu qadar past ishlar bo‘ldiki, bu haqiqiy erkaklarning ishi emas, nafaqat haqiqiy erkaklarga, balki insonlarga yarashmaydigan harakatlar. Men uning qaysi dinga e’tiqod qilishini bilmayman, lekin biz, alhamdulillah, musulmonmiz. Bu holatda uni ollohga topshirdim, insof bersin unga!», — deydi Rayhon. Shuningdek, xonanda bir paytlar yaqin dugonasi bo‘lgan Shahzodaning yoniga borib, undan kechirim so‘ragani haqida ham so‘zlab berdi. «Gap shundaki, men Shahzoda bilan hech qachon urishmaganman. Haliyam nima bo‘lganini bilmayman. Uning o‘zining qandaydir versiyasi bor. Men juda uzoq vaqt mobaynida psixolog bilan ishladim va u menga turli noxush vaziyatlarni va negativ hissiyotlarni esda chiqarishni o‘rgatdi. Chunki biz o‘zimizda saqlaydigan istalgan turdagi negativ to‘planib, oxir-oqibat bizni kasal qiladi. Shunday vaqt bo‘ldiki, men Shahzodaning oldiga bordim va ‘Zilola, senga qachondir men seni xafa qilgandek tuyulgan bo‘lsam, men sendan kechirim so‘rayman, men ham seni o‘zim o‘ylagan hamma xafagarchiliklar uchun kechiraman. Men senga yomonlik tilamayman, seni juda yaxshi ko‘raman va hurmat qilaman’, dedim», — deydi Rayhon.
Manba: "aniq.uz"
| |
|